Yengil avtomobillar

All Leasing kompaniyasi yuridik va jismoniy shaxslarga yengil avtomobillarni lizingga berish xizmatlarini ko‘rsatadi. Biz manfaatli shartlarni va yuqori servis darajasini taklif etamiz. Katta ish tajribasi va ishonchli yetkazib beruvchilar mijozning ehtiyojlariga to‘liq mos keladigan ham yangi, ham foydalanuvda bo‘lgan avtomobilni mijozga taqdim etish imkonini beradi. Manfaatli hamkorlik shartlari hatto eng talabchan va “injiq” mijozlarni ham loqayd qoldirmaydi.

Biz lizingga mahalliy zavodda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni hamda chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillarni taqdim etamiz. Agar sizni qiziqtirayotgan model’ omborda bo‘lmasa, biz uni qisqa muddatlarda topishga harakat qilamiz.

Zarur hujjatlar ro‘yxati:

Korxona hujjatlari (nusxalari)

  • Guvohnoma, Ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi, ularga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar);
  • Ta’sischilar, direktor, bosh buxgalter pasportlarining nusxalari;
  • Direktorni tayinlash to‘g‘risidagi bayonnoma qarorining nusxasi;
  • Direktorni va bosh buxgalterni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari;
  • Agar faoliyat turi maxsus lisenziya olinishini talab qiladigan faoliyatlar ro‘yxatiga kirsa, faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlaydigan lisenziya;
  • Xizmat ko‘rsatuvchi bankning xati (asl nusxasi)

Hammasi bitta xatda

  • H/r dagi pul mablag‘lari qoldig‘i;
  • Boshqa banklarda bank hisoblarining mavjudligi;
  • bankda kreditlar va lizinglar borligi yoki yo‘qligi;
  • 2-sonli kartotekaning yo‘qligi;

Ilova

  • Oxirgi 6 oy davomida hisobraqam faoliyati haqida ma’lumotnoma;
  • Imzo namunalari va muhr izi ko‘rsatilgan kartochka (nusxasi);

 

Konsultatsiya buyurtma qiling