Maxsus texnika

ALL Leasing kompaniyasi maxsus va qurilish texnikasining lizingi kabi talabga ega sohada xizmatlarni taklif etadi. Kompaniyamiz maxsus import texnika yetkazib beruvchilari va ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik munosabatlariga ega bo‘lib, bu mijozlarga maxsus texnikani maksimal manfaatli shartlarda lizingga xarid qilish imkonini beradi. Bizning yordamimizda siz Toshkentda lizingga qurilish, yo‘l, qishloq xo‘jalik texnikasini va maxsus texnikaning boshqa turlarini xarid qilishingiz mumkin.

Maxsus va qurilish texnikasini lizingga olish ayniqsa o‘z aylanma mablag‘larini odatda qimmat turadigan texnikani xarid qilishga jalb etishni istamaydigan qurilish kompaniyalari uchun manfaatli. Lizing to‘lovlari kompaniyaning joriy faoliyati hisobidan to‘lanadi, lizing shartnomasini ijro etish jarayonida sotib olingan texnika esa yangi qurilish buyurtmalarini olish uchun garov bo‘lib xizmat qiladi.

Biz Doosan, Volvo, Amkodor, Claas, Belarus kabi brendlarni taqdim etamiz.


Zarur hujjatlar ro‘yxati

Korxona hujjatlari (nusxalari)

  • Guvohnoma, Ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi, ularga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar);
  • Ta’sischilar, direktor, bosh buxgalter pasportlarining nusxasi;
  • Direktorni tayinlash to‘g‘risidagi bayonnoma qarorining nusxasi;
  • Direktorni va bosh buxgalterni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari;
  • Agar faoliyat turi maxsus lisenziya olinishini talab qiladigan faoliyatlar ro‘yxatiga kirsa, faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlaydigan lisenziya;

Xizmat ko‘rsatuvchi bankning xati (asl nusxasi)

Hammasi bitta xatda

  • H/r dagi pul mablag‘lari qoldig‘i;
  • Boshqa banklarda bank hisoblarining mavjudligi;
  • bankda kreditlar va lizinglar borligi yoki yo‘qligi;
  • 2-sonli kartotekaning yo‘qligi;

Ilova

  • Oxirgi 6 oy davomida hisobraqam faoliyati haqida ma’lumotnoma;
  • Imzo namunalari va muhr izi ko‘rsatilgan kartochka (nusxasi);
Konsultatsiya buyurtma qiling