Yuk avtotransporti

All Leasing kompaniyasida yuk avtomobillarining lizingi mijozga avtotransportni garovsiz va kafilliksiz taklif qilish imkoniyati bilan amalga oshiriladi, bunda lizing shartnomasi bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish muddati bir kundan boshlanadi.

Biz Doosan, Volvo, Amkodor, Claas, Belarus kabi yirik yetkazib beruvchilarning yuk avtomobillarini taqdim etamiz.

Yuk avtomobili lizing oluvchining aktivlarini oshirgan holda uning balansida hisobda turishi lizingning muhim afzalligi hisoblanadi. Yuk avtotransportini lizingga olish – bu biznesni rivojlantirish uchun qulay vosita, aylanmadan katta mablag‘larni chiqarmagan holda texnika parkini muntazam ravishda yangilash va kengaytirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Zarur hujjatlar ro‘yxati

Korxona hujjatlari (nusxalari):

  • Guvohnoma, Ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi, unga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar);
  • Ta’sischilar, direktor, bosh buxgalter pasportlarining nusxasi;
  • Direktorni tayinlash to‘g‘risidagi bayonnoma qarorining nusxasi;
  • Direktorni va bosh buxgalterni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari;
  • Agar faoliyat turi maxsus lisenziya olinishini talab qiladigan faoliyatlar ro‘yxatiga kirsa, faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlaydigan lisenziya;

Xizmat ko‘rsatuvchi bankning xati (asl nusxasi):

Hammasi bitta xatda

  • H/r dagi pul mablag‘lari qoldig‘i;
  • Boshqa banklarda bank hisoblarining mavjudligi;
  • bankda kreditlar va lizinglar borligi yoki yo‘qligi;
  • 2-sonli kartotekaning yo‘qligi;

Ilova

  • Oxirgi 6 oy davomida hisobraqam faoliyati haqida ma’lumotnoma;
  • Imzo namunalari va muhr izi ko‘rsatilgan kartochka (nusxasi);

 

Konsultatsiya buyurtma qiling