Ko‘chmas mulk ob’ektlari

Ko‘chmas mulk ob’ektlarini kompaniyamiz orqali xarid qilish – bu o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lishning oddiy, qulay va xavfsiz usulidir. Tijorat ko‘chmas mulkini lizingga olish ijaraga olingan maydonni xarid qilishning qulay mexanizmi hisoblanadi.

Nafaqat yakka ko‘chmas mulk ob’ekti, balki ko‘chmas mulk ob’ektlarini hamda uskunalarni o‘z ichiga oluvchi butun bir mulk kompleksi ham lizing kelishuvining ob’ekti bo‘lishi mumkin.

Lizing kompaniyasi va ko‘chmas mulkni lizingga berish dasturi kompaniyangizning moliyaviy holati va faoliyatingizning o‘ziga xosligini, bitimni rasmiylashtirish tezligiga qo‘yiladigan talablarni, bizing bo‘yicha dastlabki badalni, lizing bo‘yicha foiz stavkasini va ko‘chmas mulkni lizingga berish shartnomasining parametrlarini hisobga olgan holda tanlanadi.


Zarur hujjatlar ro‘yxati

Korxona hujjatlari (nusxalari)

  • Guvohnoma, Ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi, ularga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar);
  • Ta’sischilar, direktor, bosh buxgalter pasportlarining nusxasi;
  • Direktorni tayinlash to‘g‘risidagi bayonnoma qarorining nusxasi;
  • Direktorni va bosh buxgalterni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari;
  • Agar faoliyat turi maxsus lisenziya olinishini talab qiladigan faoliyatlar ro‘yxatiga kirsa, faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlaydigan lisenziya;

Xizmat ko‘rsatuvchi bankning xati (asl nusxasi)

Hammasi bitta xatda

  • H/r dagi pul mablag‘lari qoldig‘i;
  • Boshqa banklarda bank hisoblarining mavjudligi;
  • bankda kreditlar va lizinglar borligi yoki yo‘qligi;
  • 2-sonli kartotekaning yo‘qligi;

Ilova

  • Oxirgi 6 oy davomida hisobraqam faoliyati haqida ma’lumotnoma;
  • Imzo namunalari va muhr izi ko‘rsatilgan kartochka (nusxasi)
Konsultatsiya buyurtma qiling