Lizing nima

Lizing – bu moliyaviy xizmat turlaridan biri bo‘lib, uning mohiyati asosiy fondlar xaridini kreditlashdan iborat. U korxonaning ishlab chiqarish bazasini kengaytirish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, korxonaning asosiy fondlarini ko‘paytirish, eng yangi uskunalarni xarid qilish imkonini beradi.

Lizing kompaniyasi o‘z mulkiga konkret mulkni xarid qiladi va uni uzoq muddat foydalanish uchun uchinchi shaxsga beradi. Bunda sotuvchini aynan uchinchi shaxsning o‘zi, ya’ni ushbu moliya xizmat iste’molchisi tanlaydi. Lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida iste’molchi xarid qilingan mulk qiymatini va lizing uchun mukofot haqini to‘laydi. Belgilangan muddat yakunlanib, kelishilgan summa to‘langanidan keyin mulk ijarachining mulkiga o‘tadi. Lizing bitimida garov kreditdan farqli o‘laroq talab qilinmaydi, uzoq muddat davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti esa to‘lovlar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi va firma aktivlaridan optimal foydalanish imkonini beradi

Konsultatsiya buyurtma qiling