Yakka tartibdagi tadbirkor

Tadbirkor uchun hujjatlar:

  • Patent nusxasi, pasport nusxasi;
  • Litsenziya nusxasi, agar mavjud bo‘lsa;
  • Uzilmagan kreditlar, lizinglar, qarzlar va kafilliklar bo‘yicha shartnomalarning nusxalari;
  • Ofis/ishlab chiqarish/savdo qilish xonasi bo‘yicha hujjatlar:
  • agar mulkida bo‘lsa – kadastr organi tomonidan berilgan guvohnoma nusxasi;
  • agar ijaraga olingan bo‘lsa – joriy yil uchun ijara shartnomasining nusxasi.

Xizmat ko‘rsatuvchi bankning ma’lumotlari:

Ariza beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning xati, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • Boshqa banklarda ikkilamchi hisobraqamlarning mavjudligi;
  • H/r dagi pul mablag‘larining qoldig‘i;
  • Bank oldida ssuda qarzdorligi yo‘qligi yoki mavjudligi, agar mavjud bo‘lsa, uni uzish muddatlari;
  • 2-sonli kartotekaning yo‘qligi.

Xatga quyidagilar ilova qilinadi:

Oxirgi 6 oy davomida hisobraqam faoliyati haqida ma’lumotnoma;
Imzo namunalari va muhr izi ko‘rsatilgan kartochka (nusxasi).