10 Dekabr 2020

Lizingga tibbiy texnika xarid qilish

Ko‘p hollarda o‘z faoliyatini endigina boshlagan klinikalarda birdaniga barcha zarur tibbiy texnikani xarid qilishga mablag‘ bo‘lmay qoladi. Shunda rahbar uskunalarni qismlarga ajratib xarid qilishga qaror qiladi. Biroq bu o‘zini oqlaydimi? Axir uskunaning bir qismini xarid qilmaslik – bu protseduralar va xizmatlarning bir qismini qisqartirishni, demak-ki, mamnun bemorlar va daromadlar sonining kamayishini va, nihoyat, obro‘ning pasayishini anglatadi.

Yana bir vaziyat — yirik klinika o‘z kabinetlaridagi uskunalarni to‘liq yangilamoqchi.

Yangi uskuna birdaniga va ko‘p miqdorda zarur, xarid summasi ham kattagina. Moliyaviy xarajatlarni optimallashtirish uchun rahbarga ko‘p hollarda klinika byudjetidan birdaniga katta summani to‘lagandan ko‘ra, yangi uskunani lizingga xarid qilish oson va manfaatli.

Shu tarzda, qarz mablag‘larining past qiymati deyarli har qanday kompaniyaga – u xoh o‘z faoliyatini endigina boshlagan kompaniya, yoki yirik tarmoq bo‘lishidan qat’i nazar, tibbiy texnikani juda tez va oson xarid qilish masalasini hal qilish imkonini beradi.

Agar sizda aynan shunday vaziyat bo‘lsa va tibbiy texnikani lizingga xarid qilishdan manfaatdor bo‘lsangiz, All Leasing kompaniyasi o‘zining ishonchli hamkori va yetkazib beruvchisi sungate.uz bilan hamkorlikda sizga bu borada bajonidil yordam beradi.

Tibbiy texnikani lizingga xarid qilish haqidagi batafsil ma’lumotni kompaniyamiz ofisida yoki ushbu raqamlar orqali bilib olishingiz mumkin:
+99871 2673225
+99890 1681005

Qo'shimcha yangiliklar